«Chelsi» Markus Reshford transferini ko‘rib chiqmoqda
«Qizil iblislar» o‘z tarbiyalanuvchisini sotish orqali 30 million yevro atrofida daromad olishni rejalashtirmoqda.
«Chelsi» «Manchester Yunayted» vingeri Markus Reshfordni o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.
The Independent ma’lumotiga ko‘ra, «Manchester Yunayted» 28 yoshli futbolchi bo‘yicha muzokaralarga tayyor. Biroq klub ijara variantini ko‘rib chiqmaydi va faqat to‘liq transferga rozi bo‘ladi.
«Qizil iblislar» o‘z tarbiyalanuvchisini sotish orqali 30 million yevro atrofida daromad olishni rejalashtirmoqda.
«Chelsi» uchun asosiy muammo Reshfordning yuqori maoshi bo‘lishi mumkin. Angliyalik futbolchi «Manchester Yunayted»da haftasiga 300 ming funt sterlingdan ortiq maosh oladi.
Eslatib o‘tamiz, Reshford o‘tgan mavsumni ijara asosida «Barselona» safida o‘tkazgan.