«Brayton» Yakuba Minte uchun 93,5 million yevro talab qilmoqda
«Liverpul» esa gambiyalik vinger uchun ikkita taklif yuborgan va ularning har biri 70 million yevrodan kam bo‘lgan.
«Brayton» va «Liverpul» vinger Yakuba Minte transferi bo‘yicha kelishuvga erisha olmayapti.
Jurnalist Aleks Kruk ma’lumotiga ko‘ra, «Brayton» 22 yoshli futbolchi uchun 93,5 million yevro talab qilmoqda. «Liverpul» esa gambiyalik vinger uchun ikkita taklif yuborgan va ularning har biri 70 million yevrodan kam bo‘lgan.
Mersisaydliklar transfer narxini sezilarli darajada oshirish niyatida emas. Avvalroq klublar o‘rtasidagi muzokaralar boshi berk ko‘chaga kirib qolgani haqida xabar berilgandi.
Transfermarkt Minte qiymatini 45 million yevroga baholamoqda. Futbolchi o‘tgan mavsumda 36 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol va 4 ta golli uzatma qayd etdi.