Braziliya prezidenti va Anchelotti Neymar masalasida suhbatlashishdi
34 yoshli futbolchi ayni vaqtda Braziliyaning "Santos" klubi sharafini himoya qilib kelmoqda.
Braziliya prezidenti Luis da Silva milliy terma jamoa bosh murabbiyi Karlo Anchelotti bilan uchrashdi.
Mamlakat prezidenti va Anchelotti o‘rtasida Neymarning joriy yildagi jahon chempionatiga chaqirish masalasi muhokama qilingan. Suhbat chog‘ida bosh murabbiy Neymarni Braziliya terma jamoasiga taklif qilish kerakmi yoki yo‘qligi haqida mamlakat rahbaridan so‘ragan. Prezident esa: "Agar u hozirda terma jamoada o‘ynashga tayyor bo‘lsa va jamoaga yordam bera olsa, uni chaqirish kerak", - deya javob bergan.
Eslatib o‘tamiz, 34 yoshli futbolchi ayni vaqtda Braziliyaning "Santos" klubi sharafini himoya qilib kelmoqda.