Angliya terma jamoasi a’zosi Antoni Gordon "Bavariya"ga ko‘chib o‘tishi mumkin
Ayni vaqtda "transfermarkt" portali Gordonni 60 million yevroga baholamoqda.
Myunxenning "Bavariya" klubi "Nyukasl"vingeri Antoni Gordonni sotib olish variantini ko‘rib chiqmoqda.
Jurnalist va insayder Florian Plettenbergning ma’lum qilishicha, 25 yoshli Gordon hozirda kolumbiyalik Luis Diasga o‘rinbosar sifatida ko‘rilmoqda. Bu haqida futbolchining o‘z allaqachon xabardor qilingan. Futbolchining agentlari bilan muzokaralar ham bo‘lib o‘tgan. Ingliz klubi esa o‘z yetakchisini saqlab qolishga harakat qilmoqda. Ayni vaqtda "transfermarkt" portali Gordonni 60 million yevroga baholamoqda. Uning "Nyukasl" bilan amaldagi shartnomasi 2030-yilning yozida yakuniga yetadi.
Ma’lumot uchun, myunxenliklar Bundesligada katta farq bilan yetakchilik qilmoqda.