Bomba haqidagi yolğon xabar Yevropada havo qatnovini izdan çiqardi
5-noyabr kuni Yevropada kamida 19 samolyotda bomba borligi haqida yolğon xabar tarqaldi. Tekşiruv çoği heç bir uçoqda portlovçi modda topilmagan. Baribir, tahdid tufayli qator reyslar keçikdi yoki samolyotlar boşqa aeroportlarga yönaltirildi.
Bu sönggi uç kun qitʼada kuzatilgan ikkinçi ommaviy soxta holat bölib, notöğri xabar Avstriya, Belgiya, Bolgariya, Buyuk Britaniya, Gretsiya, Daniya, Irlandiya, Ispaniya, Italiya, Polşa, Portugaliya, Ruminiya, Finlyandiya va Çexiyaga taʼsir qilgan.
Irlandiya aviakompaniyasiga tegişli Dublin – Rim reysi Fransiyadagi harbiy aerodromga qöndirildi. Ayrim uçoqlar Bolgariyaning boşqa şaharlariga yönaltirildi. “Wizz Air” samolyoti Varşava emas, Venaga qöndi. Yana ikki samolyotda xatar ortidan tekşiruv ötkazildi.
Vena, Praga, Madrid va Milan-Bergamo aeroportlariga qöngan yoki uşbu manzillardan uçgan bir neça uçoqqa nisbatan bomba haqida yolğon xabar berilgan. Polşa aviakompaniyasining Bryussel va Parijga tomon kötarilgan reyslari ham tahdidga duç kelgan.
Axborot elektron poçta orqali tarqatilgan. Xatlardan biri italyan tilida yozilgan bölib, Rim aeroportlarini boşqaruvçi ADR kompaniyasi va boşqa taşkilotlarga yuborilgan.
Agentlik keyinçalik uşbu xat “Erkaklar davlati” nomli millatçilik harakati nomidan imzolanganini aytdi. Mazkur guruh 2016-yil Vladislav Pozdnyakov tomonidan taşkil etilgan.
“The Guardian” naşri ekspertlarga tayanib yozişiça, aeroportlarga soxta maktublar deyarli har kuni kelib tuşadi, faqat odatda nomalar bu qadar köp bölmaydi.
3-noyabr kuni ham Yevropaning kamida yetti samolyotiga bomba bilan boğliq notöğri tahdid uyuştirilgan edi. Öşa kuni LOT samolyoti Londondan Varşavaga uçiş jarayonida boşqa aeroportga yönaltirilgan va tekşiruv vaqti aeroport vaqtinça yopilgan.
Kenja Bekjonov, Anvarxöja Ahmedov (video), ÖzA