Britaniyada maoşi sir tutilgan iş eʼlonlariga çek qöyiladi
Britaniyada endi iş beruvçi böş iş örni haqida eʼlon berganda taklif etilayotgan maoşni körsatişi şart. Yangi talab, avvalo, ilk bor iş qidirayotgan yoşlarni qöllab-quvvatlaş, şuningdek mehnat bozoridagi maoş tafovutini kamaytirişga qaratilgan. Bu haqda Boş vazir Endi Byornem maʼlum qildi.
Hukumat tez orada tegişli qonun loyihasini parlamentga kiritadi. Hozir mamlakatda iş beruvçilarning 40 foizdan köpi oraliq qiymatni eʼlon qiladi, har beş kompaniyadan biri aniq miqdorni körsatadi. Hukumat rahbari taʼkidlaşiça, nomzod işga ariza berişdan oldin qança moyana olişini bilişi kerak.
Qirollikda 16-24 yoşlilarning qariyb bir millioni işlamaydi, öqimaydi yoki kasb-hunar örganmaydi. Bu körsatkiç Yevropa davlatlari orasida juda yuqori hisoblanadi. Yangi tartib orqali yoşlarda iş topiş imkoni kengayişi közlangan. Şunga öxşaş qoida 2022-yil Nyu-Yorkda joriy etilgan, Yevropa Ittifoqi esa 2023-yil maoş şaffofligini oşirişga qaratilgan qoida qabul qilgan.
Musulmon Ziyo, ÖzA