Bolalar kulgusi yangragan maskan
FOTOREPORTAJ
1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Navoiy viloyati qishloqlarida yashovchi bolalarning beg‘ubor bolaligi aks etgan fotosuratlar jamlanmasi tayyorlandi.
Fotolarda qishloq ko‘chalarida o‘ynab yurgan, tabiat qo‘ynida hordiq chiqarayotgan, orzu va maqsadlari bilan kelajakka intilgan bolajonlarni ko‘rish mumkin. Ularning samimiy kulgusi, beg‘ubor tabassumi va tabiiy holatlari bolalikning betakror lahzalarini ifoda etadi.
Qishloq muhitida ulg‘ayib kelayotgan yosh avlod mehnatsevarlik, milliy qadriyatlarga hurmat va Vatanga mehr tuyg‘ulari bilan kamol topmoqda. Fotosuratlarda ana shu muhitning o‘ziga xos jozibasi, bolalarning musaffo olami va hayotga bo‘lgan qiziqishi o‘z aksini topgan.
[gallery-29716]
Yurtimizda bolalarning baxtli o‘sib-ulg‘ayishi, bilim olishi va o‘z iqtidorini namoyon etishi uchun barcha sharoit yaratilmoqda. Fotokadrlarda ham ana shu e’tibor va g‘amxo‘rlik samarasi namoyon bo‘ladi.
Zero, bolalar baxti va kulgusi yangragan yurtning kelajagi ham yorug‘ va mustahkam bo‘ladi.
Siroj ASLONOV (surat), O‘zA