Bokschi yoshlarimiz Yevropa qit’asida jahon chempionligi uchun janglar o‘tkazadi
Bugun, 15-oktabr kuni Chernogoriyaning Budva shahri boks bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi (U19) jahon chempionatining tantanali ochilish marosimi, qur’a tashlash hamda texnik qo‘mita yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.
Dunyoning 80 ga yaqin davlatidan 500 nafardan ziyod yosh charm qo‘lqop ustalari qatnashadigan mazkur chempionatda O‘zbekiston yoshlar terma jamoasining 10 nafar, bokschi qizlar jamoasining 8 nafar a’zosi o‘z va tofalarida sovrinli o‘rinlarga da’vogarlik qiladi.

Yurtimiz bokschi yoshlaridan Amirjon Suponov(-50), Elyor Rustamov (-55), Muhammadrizo Ukimov(-60), Jahongir Zayniddinov(-65), Zulfiqor Adhamjonov(-70), Suhrob Rahmatullayev(-75), Abrorbek Sharipov(-80), Sardorbek Bahromxo‘jayev(-85), Asadbek Sultanboyev(-90), Islom Salixov (+90) Budva shahri ringlarida jang olib borsa, bokschi qizlarimizdan Muxtasar Aliyeva(-48), Nazokat Mardonova(-51), Shodiyona Meliqo‘ziyeva(-54), Robiya Ravshanova(-57), Sevara Mamatova(-60), Aselya Tulegenova(-65), Maftuna Yangiyeva(-70), SamiraTurg‘unova(-75) vatanimiz sharafini himoya qilishga hozirlanmoqda.

Jahon birinchiligi taqvimiga ko‘ra, saralash va 1/4 final musobaqalari 16-24-oktabr kunlari, yarim final bahslari 25-oktabr va final janglari 27-oktabr kuni bo‘lib o‘tadi.
T. Ro‘ziyev, O‘zA