Sevil Yo‘ldosheva yarim final ostonasida
Pokistonning Islomobod shahrida xotin-qizlar o‘rtasida Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan W15 tasnifiga kiruvchi musobaqa o‘tkazilmoqda. Unda Sevil Yo‘ldosheva va Sabrina Olimjonova juftlik bahslarida mamlakatimiz sharafini himoya qilmoqda.
Jumladan, musobaqaning birinchi davrasida Sabrina Olimjonova va gonkonglik Key Yau Chong bilan tandemda mezbon tennischilar Romisa Malik va Hajra Suhayl duetini 6:2, 6:1 hisobida mag‘lub etdi va chorak finalda xitoylik Ru Xsi Vu va tailandlik Kamonvan Yodpetch juftligiga qarshi o‘yin o‘tkazadi.
Darvoqe, chorak finalda germaniyalik Anastasiya Kuparev bilan juftlik hosil qilgan Sevil Yo‘ldosheva yarim final yo‘llanmasi uchun niderlandiyalik Florentine Dekkers hamda Emma van Poppelga qarshi kortga chiqadi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA