Blogerlar daromadi nazoratga olinadi (+video)
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, blogerlar faoliyatini o‘rganish doirasida sohaning eng faol 110 nafar vakili tahlil qilingan.
Natijalarga ko‘ra, ularning 55 nafari o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida, 33 nafari yakka tartibdagi tadbirkor sifatida, 22 nafari esa jismoniy shaxs maqomida faoliyat yuritmoqda. Soliq qo‘mitasiga ko‘ra, bu holat blogerlar faoliyatining haqiqiy ko‘lami bilan ularning rasmiy huquqiy maqomi o‘rtasida farq mavjudligini ko‘rsatadi.
Bugungi lavhamizda blogerlik faoliyatini yuritish tartibi, qanday soliqlar to‘lanishi kerakligi bo‘yicha batafsil ma’lumot beriladi.
<iframe width="815" height="458" src="https://www.youtube.com/embed/N6WnuCzj9Nk" title="Blogerlar daromadi nazoratga olinadi " frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Muhayyo Turdaliyeva, Anvarxo‘ja Ahmedov (video), O‘zA