Bitiruvchilarni ish bilan taʼminlash loyihasi
Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov tashabbusi bilan umumtaʼlim maktablarining 11 - sinf bitiruvchilari bandligini taʼminlash, kasb-hunarini rivojlantirishga qaratilgan loyiha amalga oshirilmoqda.
Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov tashabbusi bilan umumtaʼlim maktablarining 11 - sinf bitiruvchilari bandligini taʼminlash, kasb-hunarini rivojlantirishga qaratilgan loyiha amalga oshirilmoqda.
Yakunlangan oʻquv yilida viloyatdagi 741 ta umumtaʼlim maktabining 11-sinfini 40 ming nafardan ziyod yigit-qiz tamomladi. Ularning aksariyati oliy oʻquv yurtiga kirish uchun tayyorgarlik koʻrmoqda.
Yana bir guruh yoshlar esa oʻz kasb-hunarini rivojlantirish, tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanishni oʻz oldiga maqsad qilib qoʻygan.
Viloyat hokimligida boʻlib oʻtgan tadbirda dastlabki 16 nafar bitiruvchiga ana shu maqsadlarini amalga oshirish uchun 5 million soʻmdan kredit asosida sarmoya berildi.
Umuman, mazkur loyiha doirasida 11-sinfni tamomlagan bitiruvchilarning 10 ming 470 nafariga kasb-hunarini rivojlantirish, 5 ming 530 nafariga tadbirkorlik bilan shugʻullanish uchun jami 42,3 milliard soʻm mablagʻ ajratilib, bitiruvchilarga tez fursatlarda berilishi koʻzda tutilgan.
Ushbu loyiha bitiruvchi yoshlar bandligini taʼminlash bilan birga, ularga mustaqil daromad hamda hayotda oʻz oʻrinlarini topishlariga yordam beradi.