“Barselona” Baldeni Dimarkoga almashtirmoqchi
“Inter” o‘zining yetakchi futbolchilaridan biri Dimarko bilan xayrlashishni istamayapti.
“Inter”ning chap qanot himoyachisi Federiko Dimarko “Barselona” qiziqishlari doirasiga tushdi.
Jurnalist Serxi Kapdevilaning xabar berishicha, kataloniyaliklar 28 yoshli italiyalik futbolchini qo‘lga kiritish uchun Alexandro Baldeni “Inter”ga berish va qo‘shimcha pul to‘lash variantini ko‘rib chiqmoqda.
22 yoshli Balde “Barselona”da qolib, asosiy tarkibdagi o‘rni uchun kurashish niyatida. Biroq klub rahbariyati transferni amalga oshirish zarurati tug‘ilsa, futbolchini ketishga ko‘ndira olishiga ishonmoqda.
Kelishuvni amalga oshirish oson bo‘lmaydi. “Inter” o‘zining yetakchi futbolchilaridan biri Dimarko bilan xayrlashishni istamayapti. Shunga qaramay, tomonlar o‘rtasida mazkur variant bo‘yicha muhokamalar boshlangan.
Transfermarkt har ikki futbolchining bozor qiymatini 50 million yevroga baholamoqda.