Messi jarima zarbalaridan urilgan gollar bo‘yicha rekordga yaqinlashdi
Bugungi uchrashuvda Messi ikkita golini aynan jarima zarbasidan kiritdi.
“Inter Mayami” hujumchisi Lionel Messi “Monreal”ga qarshi uchrashuvdagi pokeridan so‘ng jarima zarbalaridan eng ko‘p gol urgan futbolchilar tarixiy reytingida ikkinchi o‘ringa ko‘tarildi.
Sudanalytics ma’lumotiga ko‘ra, 39 yoshli argentinalik futbolchi faoliyati davomida to‘g‘ridan-to‘g‘ri jarima zarbalaridan urgan gollari sonini 74 taga yetkazdi.
Reytingda Messidan faqat Marselinyo Karioka oldinda — uning hisobida 78 ta gol mavjud. Jair Roza Pinto va Roberto Dinamite 74 tadan, Juninyo Pernambukano esa 72 ta gol qayd etgan.
Shu tariqa, Messi yetakchiga yetib olish uchun yana 4 ta, mutlaq rekordni yangilash uchun esa 5 ta jarima zarbasidan gol urishi kerak.
Bugungi uchrashuvda Messi ikkita golini aynan jarima zarbasidan kiritdi. Uning “Inter Mayami” klubi esa raqibini 7:1 hisobida tor-mor etdi.