Argentina terma jamoasi aʼzosi Niko Pas jarohati sabab JCh-2026ni oʻtkazib yuborishi mumkin
Pas A Seriya doirasida 10-may kuni «Verona»ga qarshi kechgan oʻyinda (1:0) olgan tizzasidagi jarohatidan haligacha toʻliq sogʻaya olmayapti.
Italiyaning «Komo» klubi va Argentina milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Niko Pas jarohati sababli yaqinlashib kelayotgan Jahon chempionatini oʻtkazib yuborishi mumkin.
Pas A Seriya doirasida 10-may kuni «Verona»ga qarshi kechgan oʻyinda (1:0) olgan tizzasidagi jarohatidan haligacha toʻliq sogʻaya olmayapti.
Dastlab, ushbu jarohat yarim himoyachining mundialda ishtirok etishiga xalaqit bermaydi deb hisoblangan edi. Biroq hozirda Argentina terma jamoasi shifokorlari futbolchining tiklanish muddatiga shubha bilan qarashmoqda. Pasning jarohati avval taxmin qilinganidan koʻra jiddiyroq boʻlishi mumkinligi aytilmoqda.
Ayni paytda yarim himoyachining Jahon chempionatidagi ishtiroki soʻroq ostida turibdi. Yakuniy qarorga kelish uchun uning holati har kuni tibbiy nazoratdan oʻtkazib boriladi.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Madridning «Real» klubi yozgi transfer oynasida oʻz tarbiyalanuvchisi hisoblangan ushbu futbolchini qayta sotib olishni rejalashtirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.