Romelu Lukaku terma jamoalar tarixidagi top-5 toʻpurarlar roʻyxatiga kirdi
Terma jamoalar miqyosidagi eng yaxshi toʻpurarlar reytingini 143 ta gol bilan portugaliyalik Krishtianu Ronaldu boshqarib bormoqda.
Belgiya milliy terma jamoasi hujumchisi Romelu Lukaku Xorvatiyaga qarshi oʻtkazilgan oʻrtoqlik uchrashuvida (2:0) oʻz hisobiga gol yozdirib qoʻydi.
33 yoshli hujumchi uchun bu «qizil iblislar» safidagi 90-gol boʻldi. Bu natija orqali Lukaku milliy terma jamoalar tarixidagi eng yaxshi toʻpurarlar kuchli beshligiga (top-5) kirdi.
Terma jamoalar miqyosidagi eng yaxshi toʻpurarlar reytingini 143 ta gol bilan portugaliyalik Krishtianu Ronaldu boshqarib bormoqda. Ikkinchi oʻrinni 116 ta gol bilan argentinalik Lionel Messi egallab turgan boʻlsa, kuchli uchlikni Eron terma jamoasi sobiq hujumchisi Ali Dayi (108) yakunlab bergan. Roʻyxatning toʻrtinchi pogʻonasidan esa hindistonlik Sunil Chxetri (95) joy olgan.
Belgiya milliy terma jamoasi JCh-2026 guruh bosqichining «G» guruhida Misr, Eron va Yangi Zelandiya terma jamoalariga qarshi maydonga tushadi.