AQSH va Tojikiston muhim minerallar bo‘yicha hamkorlik qiladi
AQSH Davlat kotibi Marko Rubio Tojikiston tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Muhriddin bilan uchrashgani haqida bayonot berdi. Tomonlar muhim minerallar bo‘yicha hamkorlik va terrorizmga qarshi kurash masalalarini muhokama qildi.
– Muhim minerallar sohasida tijorat imkoniyatini kengaytirish mavzusini muhokama qilish uchun Tojikiston tashqi ishlar vaziri Muhriddin bilan uchrashdim, – deb yozdi Rubio ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, uchrashuvda xavfsizlik va terrorizmga qarshi kurash sohasidagi hamkorlik ham muhokama qilingan.
S.Rahimov, O‘zA