Anqarada NATO sammiti: Erdog‘an Tramp va 31 nafar yetakchini qabul qiladi
Bugun Anqarada Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an va NATO Bosh kotibi Mark Ryutte raisligida NATOning 36-sammiti boshlanadi. Tadbirda AQSH Prezidenti Donald Tramp hamda Shimoliy Atlantika alyansiga a’zo 31 davlat rahbari, shuningdek hamkor davlatlar va xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etadi.
Anjumanning asosiy mavzusi 2035-yilga kelib ittifoq mamlakatlari tomonidan mudofaa xarajatini mamlakat yalpi ichki mahsulotining 5 foiziga yetkazish, Ukrainani qo‘llab-quvvatlash, mudofaa sanoatini mustahkamlash va jamoa xavfsizligi bo‘ladi.
Bundan tashqari sammit doirasida bo‘lib o‘tadigan mudofaa sanoati forumida yangi milliardlab dollarlik shartnomalar e’lon qilinishi kutilyapti.
Mezbon davlat rahbari qator ikki tomonlama uchrashuvlar, jumladan AQSH, Ukraina, Finlyandiya Prezidentlari va Kanada Bosh vaziri bilan uchrashuv o‘tkazishni rejalashtirgan.
Birinchi kun davlat va hukumat rahbarlari uchun rasmiy qabul bilan yakunlanadi.
S.Rahimov, O‘zA