Akademik litsey o‘qituvchisi xalqaro tanlovda g‘olib bo‘ldi
Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti akademik litseyining fizika fani o‘qituvchisi Gulchehra Bekniyazova Fransiyaning Parij shahrida o‘tkazilgan nufuzli “The Best Education Project Internationa” xalqaro tanlovida g‘olib bo‘ldi.
U mazkur xalqaro tanlovda zamonaviy pedagogik yondashuv – fizikani o‘qitishda haqiqiy va virtual laboratoriyalarni uyg‘unlashtirishga qaratilgan innovatsion ilmiy maqolasi bilan qatnashib, xalqaro ekspertlar tomonidan yuqori baholandi.
Xalqaro tanlov yakunida Gulchehra Bekniyazova I darajali diplom, Xalqaro fan, madaniyat va san’at akademiyasi (IASCA) tomonidan oltin medal, shuningdek, esdalik nishoni bilan taqdirlandi.
Dovud Abibullayev,
O‘zA muxbiri