Abduqodir Husanov JCH-2026 oʻyinida operatorni jarohatlab qoʻydi
JCH-2026 1-turidan oʻrin olgan ushbu uchrashuvda Oʻzbekiston terma jamoasi Kolumbiyaga 1:3 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Jahon chempionati bahsi vaqtida maydon chetida turgan operator Oʻzbekiston terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov bilan toʻqnashib ketishi natijasida jarohat oldi.
JCH-2026 1-turidan oʻrin olgan ushbu uchrashuvda Oʻzbekiston terma jamoasi Kolumbiyaga 1:3 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Oʻyinning 32-daqiqasida oʻzbekistonlik himoyachi maydon chetida Luis Diasga qarshi kurashga kirishdi. Toʻqnashuv vaqtida Husanov kolumbiyalik futbolchini yiqitdi va oʻzi ham tezlikni toʻxtata olmay, maydon chetida ishlayotgan operatorga borib urildi.
Zarba natijasida jabrlanuvchining atrofidagi tasvirga olish uskunalari, kabellar va mikrofonlar sochilib ketdi va unga stadion tibbiy xodimlari hamda FIFA rasmiy shifokorlarining yordami talab etildi. Bosh hakam Entoni Teylor esa Diasga qarshi qoʻpol oʻyini uchun Husanovga sariq kartochka koʻrsatdi.
Keyinchalik maʼlum boʻlishicha, operator oyogʻidan jarohat olgan. U maydonni mustaqil ravishda tark eta olmagani sababli, ikki kishi uning tez yordam mashinasiga yetib olishiga koʻmaklashdi va u stadiondan shifoxonaga olib ketildi.