Italiya terma jamoasi bosh murabbiyligi uchun asosiy da’vogarlar ma’lum bo‘ldi
Nashrning ma’lumotlariga ko‘ra, Pirlo o‘z nomzodini olib tashlaganidan so‘ng, Italiya Futbol Federatsiyasi (FIGC) seshanba kuni bo‘lib o‘tadigan Federal kengash yig‘ilishidayoq yakuniy qarorga kelishi mumkin.
Andrea Pirlo Italiya terma jamoasi bosh murabbiyligiga o‘z nomzodini qaytarib olganini tasdiqlaganidan so‘ng, hozirda Antonio Konte va Roberto Manchini ushbu lavozimga asosiy da’vogarlar sifatida ko‘rib chiqilmoqda. Bu haqda Corriere dello Sport nashri xabar berdi.
Nashrning ma’lumotlariga ko‘ra, Pirlo o‘z nomzodini olib tashlaganidan so‘ng, Italiya Futbol Federatsiyasi (FIGC) seshanba kuni bo‘lib o‘tadigan Federal kengash yig‘ilishidayoq yakuniy qarorga kelishi mumkin.
Pirlo Rossiyaning bukmeker kompaniyasi bilan tijoriy aloqalari tufayli jiddiy siyosiy tanqidlarga uchragach, Instagram orqali ushbu kurashdan chiqishini ma’lum qilgan edi. Shuningdek, sobiq yarim himoyachining nomzodini qo‘llab-quvvatlagan Paolo Maldini va Leonardo ham iste’foga chiqishni ko‘rib chiqishmoqda. Biroq Federatsiya ularning o‘z lavozimlarida qolishiga umid bildirmoqda.
Hozirgi vaziyatda Antonio Konte va Roberto Manchini eng kuchli muqobil variantlar sifatida baholanmoqda. Konte g‘alaba qozonishni biladigan tajribali murabbiy sifatida e’tirof etilsa, Manchining yosh futbolchilarni tarbiyalash va texnik futbolni rivojlantirishdagi tajribasi FIGC prezidenti Jiovanni Malagoga ma’qul kelayotgani aytilmoqda.