Abdulaziz polvon Osiyo chempioniga aylandi
Vetnamning Danang shahrida sport kurashlari bo‘yicha U17 yosh toifasidagi Osiyo chempionatidan yunon-rum kurashi bo‘yicha bellashular o‘z yakuniga yetdi va ayollar kurashiga start berildi.
Chempionatning so‘nggi kun bahslarida 80 kilogrammgacha vazn toifasida Abdulaziz Xolmirzayev barcha raqiblarini mag‘lub etib, Osiyo chempioniga aylangan bo‘lsa, vazni 65 kilogrammcha bo‘lgan Sardor Mahmudov kumush medalga sazovor bo‘ldi.

-71 kilogrammda Qodirjon Fozilov bronza medalini qo‘lga kiritdi. Shu tariqa, yunon-rum kurashi bo‘yicha O‘zbekiston U17 terma jamoasi vakillari 1 ta oltin, 3 tadan kumush va 3 bronza medalini qo‘lga kiritdi. Yakuniy natijalarga ko‘ra, jamoalar o‘rtasidagi bahsda Eron terma jamoasi 205 ochko bilan birinchi o‘rinni egalladi. O‘zbekiston va Qirg‘iziston terma jamoalari esa 161 ochkodan to‘plab, ikkinchi o‘rinni bo‘lishib oldi. Shuninngdek, ayollar kurashi bahslarining ilk kunida O‘zbekiston terma jamoasi hisobiga 2 ta bronza medali qo‘shildi.
-40 kilogramm vazn toifasida Zaytuna Saparova hamda -61 kilogrammda Siysagul Sarsenbayeva shohsupaning uchinchi pog‘onasidan joy oldi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA