Abbosbek Fayzullayev: Uning taqdiri O‘zbekistondagi futbolchilar uchun katta motivatsiya
Fayzullayevning o‘zi Ispaniya La Ligasi unga yoqishini va "Barselona"da o‘ynash orzusi bor ekanini aytgan edi.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchisi Abbosbek Fayzullayev Abduqodir Husanov haqida gapirdi.
"Uning taqdiri O‘zbekistonlik barcha futbolchilar uchun motivatsiya bo‘ldi. Eng muhimi orzularingiz siz qayerda bo‘lishingizdan qat’iy nazar, ro‘yobga chiqishi mumkin ekanligini ham isbotladi", dedi Fayzullayev.
Avvalroq, Fayzullayevning o‘zi Ispaniya La Ligasi unga yoqishini va "Barselona"da o‘ynash orzusi bor ekanini aytgan edi.