Desham: agar turnirda yaqqol favorit bo‘lsa, bu — Ispaniya
Didye Desham boshqaruvidagi Fransiya terma jamoasi jahon chempionatidagi ilk uchrashuvini kelasi tunda o‘tkazadi.
Fransiya Milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Didye Desham joriy 2026-yilgi jahon chempionatida g‘alaba qozonish uchun kimni asosiy da’vogar deb hisoblashini ma’lum qildi.
"Ispaniyaliklar bizni favorit deb hisoblashmoqda... Agar musobaqada haqiqatan ham bosh favorit mavjud bo‘lsa, bu — Ispaniya terma jamoasidir. Bunga mening hech qanday shubham yo‘q", — deya Deshamning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda L’Equipe nashri.
Didye Desham boshqaruvidagi Fransiya terma jamoasi jahon chempionatidagi ilk uchrashuvini ertaga tunda o‘tkazadi. "Uchranglilar" guruh bosqichining start o‘yinida Afrika qit’asining eng kuchli jamoalaridan biri — Senegal terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.