Xorazmda suv polosi bo‘yicha O‘zbekiston chempionati yakunlandi
Urganch shahridagi Suv sporti turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabida Yu-13 kichik o‘smirlar o‘rtasida suv polosi bo‘yicha O‘zbekiston chempionati yakuniga yetdi.
Musobaqada mamlakatimizning barcha hududlaridan tashrif buyurgan yosh sportchilar g‘oliblik uchun bellashib, o‘z iqtidor va mahoratlarini namoyon etishdi.

Musobaqaning yakuniy natijalariga ko‘ra, o‘g‘il bolalar o‘rtasida uchinchi o‘rinni Farg‘ona viloyati, ikkinchi o‘rinni Namangan viloyati va birinchi o‘rinni Jizzax viloyati jamoalari egallagan bo‘lsa, qizlar o‘rtasidagi bahslarda uchinchi o‘rin Farg‘ona, ikkinchi o‘rin Namangan va birinchi o‘rin Xorazm viloyatlari jamoalariga nasib etdi.

G‘olib va sovrindorlar taqdirlandi.
Ahmadjon Shokirov,
O‘zA muxbiri