340 mln so‘mlik oltin savdosi fosh etildi
“Xavfsiz va sog‘lom yurt” tezkor-profilaktik tadbirlari doirasida Davlat xavfsizlik xizmati hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari hamkorligida Navoiy shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda noqonuniy oltin savdosiga chek qo‘yildi.
Xususan, Buxoro viloyatining Shofirkon tumanida yashovchi, 1987 va 1993-yillarda tug‘ilgan 2 nafar shaxs 212,9 gr quyma олтинни xaridorga 340 mln so‘mгa sotishga kelishishadi.
Tillafurushlar mijozga 999 probali 26,3 gr oltinni bergan holda, qolgan qismini keyinroq yetkazib berishlarini aytib, undan 20 ming AQSH dollari va 100 mln so‘m olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Shuningdek, ulardan biri o‘z yashash xonadonida qumdan oltinni ajratib olishga mo‘ljallangan yashirin sex tashkil qilganligi ham aniqlandi.
Hozirda ularga nisbatan Jinoyat Kodeksining 177-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar, kundalik hayotda shu kabi qonunbuzilish holatlariga duch kelsangiz ДХХнинг 1520 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, xabar bering. Shaxsingizning sir saqlanishi kafolatlanadi.