2-may kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti
O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 2-may kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 3-8 metr tezlikda esadi. Shamolning tezligi sekundiga 10-12 metrgacha kuchayishi kutilmoqda. Kechasi 18-20, kunduzi 22-24 daraja iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 12-17, kunduzi 23-28 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 15-20, kunduzi 23-28 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 15-20, kunduzi 20-25 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 17-22, kunduzi 24-29 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 15-20, kunduzi 25-30 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikamizning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘ladi. Sel kelishi xavfi bor. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 7-12, kunduzi 12-17 daraja iliq bo‘ladi.
Muhim hodisalar
1-4-may kunlari respublikamizning tog‘oldi va tog‘li tumanlarida sel kelishi xavfi bor.
O‘zA