Zelenskiy 9-may munosabati bilan taklif qilingan sulhga izoh berdi (+video)
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy 9-may munosabati bilan taklif qilinayotgan sulhga izoh berar ekan, Moskvadagi parad uchun bir necha soatlik emas, balki uzoq muddatli o‘t ochishni to‘xtatish zarur, degan. Bu haqda DW nashri xabar qildi.
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyning ma’lum qilishicha, Ukraina vakillariga AQSH prezidenti Donald Tramp jamoasi bilan bog‘lanib, Rossiya tomonining vaqtinchalik o‘t ochishni to‘xtatish taklifi haqida batafsil ma’lumot olish topshirilgan.
U shuningdek, Ukraina Moskvadagi parad uchun bir necha soatlik xavfsizlikdan emas, balki ishonchli xavfsizlik kafolati va uzoq muddatli tinchlikni ta’minlaydigan sulhdan manfaatdor.
Rossiya prezidentining yordamchisi Yuriy Ushakovning ma’lum qilishicha, Vladimir Putin AQSH prezidenti Donald Tramp bilan telefon suhbatida G‘alaba kuni bayrami davrida o‘t ochishni to‘xtatishga tayyor ekanligi haqida uni xabardor qilgan. Ushakovning so‘zlariga ko‘ra, Tramp bu tashabbusni qo‘llab-quvvatlagan.
Donald Tramp 29-aprel kuni Oq uyda jurnalistlar bilan suhbatda bu g‘oyani o‘zi Putinga taklif qilganini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, u Putindan qisqa muddatli o‘t ochishni to‘xtatishni so‘ragan.
“U shunday qiladi. Balki bu haqda biror narsa e’lon qilar. Men undan hech bo‘lmaganda qisqa muddatli o‘t ochishni to‘xtatishni so‘radim!”, — degan Tramp.
Trampning so‘zlariga ko‘ra, Putin unga Eron bilan bog‘liq vaziyatni hal qilishda yordam berishi mumkinligini aytgan.
Avvalroq Tramp bunga aniqlik kiritib, Rossiya Erondagi boyitilgan uran zaxiralarini olib chiqish jarayonida ishtirok etishni xohlayotganini aytgan edi. Bunga javoban Tramp bizga yordam berishingdan oldin, o‘zingdagi urushni tugatishingni xohlayman, degan.
Shuningdek, Tramp “Putin bir muddat avval kelishuvga tayyor edi, lekin ba’zi odamlar bu jarayonni qiyinlashtirib yubordi”, deb qo‘shimcha qilgan. Biroq, o‘zi aytgan bu gaplarga batafsil izoh bermagan.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/dOKk0RFeb50" title="Zelenskiy 9 may munosabati bilan taklif qilingan sulhga izoh berdi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Kenja Bekjonov, Anvarxo‘ja Ahmedov, O‘zA