Zelenskiy vaqtinchalik sulhga qarshi chiqmoqda(mi)?
Xalqaro OAV tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, AQSH prezidenti Donald Tramp va Rossiya yetakchisi Vladimir Putin o‘rtasida bo‘lib o‘tgan telefon muloqotida 9-may G‘alaba kuni munosabati bilan vaqtinchalik sulh e’lon qilish masalasi muhokama qilingan. Ushbu tashabbus ayrim diplomatik manbalarda Rossiya tomonidan front chizig‘ida qisqa muddatli tinchlik o‘rnatish taklifi sifatida ham baholangan.
Ukraina rahbari Vladimir Zelenskiy mazkur masala yuzasidan munosabat bildirib, o‘z mamlakati uchun asosiy maqsad ramziy yoki qisqa muddatli tinchlik emas, balki barqaror va uzoq muddatli tinchlikka erishishdir. Zelenskiy bunday takliflar nizoni hal etishga olib kelmasligini, aksincha, ular faqat vaqtinchalik tanaffus vazifasini bajarishi mumkinligini qayd etdi.
U shuningdek, siyosiy ahamiyatga ega sana munosabati bilan berilgan “bir necha soatlik xavfsizlik kafolati” yetarli emasligini bildirdi. Zelenskiy fikricha, tinchlik jarayoni barcha tomonlarning ishtirokida, xalqaro huquq normalari asosida va doimiy kafolatlar bilan ta’minlangan holda amalga oshirilishi lozim.
F.Yaxshiboyeva, O‘zA