Zamonaviy grafikaga bag‘ishlangan ko‘rgazma
Ikuo Xirayama Xalqaro madaniyat karvon saroyida Nikolay va Evgeniy Paklarning "Monografiya" nomli grafika ko‘rgazmasining ochilishi bo‘lib o‘tdi.
So‘nggi yillarda O‘zbekiston zamonaviy grafikаси uzoq davom etgan turg‘unlikdan so‘ng nihoyat yuksalish jarayonini boshdan kechirmoqda. Jumladan, dastgohli va bosma grafika sohalarida sezilarli o‘sish kuzatilmoqda, bu o‘z navbatida yosh rassomlarning ijodiga ijobiy ta’sir etmoqda.

Umumiy hisobda grafikaga bag‘ishlangan ko‘rgazmalarning soni keskin oshgani ham rivojlanishdan darak beradi. Tadbirda qayd etilganidek, Ikuo Xirayama Xalqaro madaniyat karvon saroyida tashkil etilayotgan ko‘rgazmalar milliy grafikaning qayta tiklanish jarayoniga ma’lum darajada hissa qo‘shib kelmoqda.

Ko‘rgazmada so‘nggi 10 yil ichida ota-bola grafik rassomlar tomonidan yaratilgan asarlar namoyish etilgan. Ularning har biri bosma grafika turiga o‘ziga xos ravishda yondashar ekan, individual tarzda monotipiya imkoniyatlarini ochib berishga harakat qiladi. Ko‘rgazmada namoyish etilgan 50 ga yaqin grafik asarlarning aksariyat qismi Nikolay Pakning shaxsiy to‘plamidan olingan bo‘lib, XX asr oxiri va XXI asr boshida O‘zbekistonda yashagan grafik rassomlarning ijodidan iborat. Ko‘rgazma joriy yilning 7-iyunigacha davom etadi.

Gulnoza Boboyeva, O‘zA