Aprel oyida elektr energiyasi ishlab chiqarish 7 milliard kVt⋅soatdan oshdi
Mamlakatimizda aholini uzluksiz energiya ta’minoti bilan qamrab olish hamda elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar sohada ijobiy natijalar bermoqda .
Xususan, 2026-yil aprel oyida elektr energiyasi ishlab chiqarish va iste’mol ko‘rsatkichlarida o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish kuzatild i.
Energetika vazirligi axborot xizmatining xabar berishicha, joriy yil aprel oyida respublika bo‘yicha jami 7 milliard 163,7 million kVt⋅soat elektr energiyasi ishlab chiqarilgan.
Bu ko‘rsatkich 2025-yilning shu davriga nisbatan 440,7 million kVt⋅soatga yoki 6,6 foizni tashkil etg an. Shu davrda iste’molchilarga 6 milliard 634,8 million kVt⋅soat elektr energiyasi yetkazib berilgan bo‘lib, mazkur ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 458,4 million kVt⋅soatga yoki 7,4 foizga o shdi.
Shuningdek, 2026-yil yanvar-aprel oylari yakunlari bo‘yicha ham elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmi barqaror o‘sish sur’atlarini saqlab qoldi. Ushbu davrda ishlab chiqarish hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 6,2 foizga ko‘paygani qayd et ildi.
N.Ziyodullayeva, O‘zA