Yurtimiz bo‘ylab 2102 jome masjidida Qurbon hayiti namozi ado etildi
FOTOREPORTAJ
Qurbon hayiti – ezgulik, shukronalik va insonparvarlikni ulug‘laydigan bayram sifatida qadrli. Hayit namozi – ushbu muborak kunning eng muhim amallaridan.
Bugun erta tongdan mamlakatimizdagi 2102 ta jome masjidida Hayit namozi ado etildi. Unda minglab yurtdoshlarimiz ishtirok etib, jamoat bilan ibodat amallarini bajardi. Yurtimiz tinchligi, xalq farovonligi, oilalar xotirjamligi va mamlakatimiz ravnaqi uchun duolar qilindi.
Imom-xatiblar tomonidan Qurbon hayitining ma’naviy-axloqiy ahamiyati, uning bag‘rikenglik, saxovat, mehr-oqibat kabi ezgu fazilatlarni targ‘ib etishdagi o‘rni haqida ma’ruzalar qilindi.
Hayit namozini yuqori saviyada tashkil etish maqsadida barcha hududlarda zarur sharoitlar yaratildi. Jamoat tartibini saqlash, xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha tegishli choralar ko‘rildi. Nuroniylar, nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun alohida qulayliklar yaratildi.
Quyida mamlakatimiz hududlaridagi jome masjidlarida o‘qilgan Hayit namozi jarayonidan tayyorlangan fotoreportajni e’tiboringizga havola etamiz:
Toshkent shahri Yunusobod tumanidagi “Minor” jome masjidida
[gallery-29661]
Toshkent shahri Chilonzor tumanidagi “Hasanxon qori” jome masjidida
[gallery-29662]
Andijon shahridagi “Hazrati Bilol” jome masjidida
[gallery-29663]
Buxoro shahridagi “Masjidi Baland” jome masjidida
[gallery-29664]
Jizzax viloyati Do‘stlik tumanidagi “Yangi qishloq” jome masjidida
[gallery-29665]
Navoiy shahridagi “Alisher Navoiy” jome masjidida
[gallery-29666]
Namangan shahridagi “Yusufxon o‘g‘li Qosimxon” jome masjidida
[gallery-29667]
Samarqand viloyati Imom Buxoriy majmuasidagi ko‘rkam masjidda
[gallery-29668]
Sirdaryo viloyatidagi “Guliston” jome masjidida
[gallery-29669]
Surxondaryo viloyati Termiz shahridagi “Hakim Termiziy” jome masjidida
[gallery-29670]
Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumanidagi “Firdavs” masjidida
[gallery-29671]
Qashqadaryo viloyati Qarshi shahridagi “Aralovul” jome masjidida
[gallery-29672]
Farg‘ona viloyati Quvasoy shahridagi “Mulla To‘raqul” jome masjidida
[gallery-29673]
Xorazm viloyati Urganch tumanidagi “Oxun bobo” jome masjidida
\[gallery-29674]
Qoraqalpog‘iston Respublikasida Nukus shahridagi “Imom eshon Muhammad” jome masjidida
[gallery-29675]
Toshkent shahri Yunusobod tumanidagi “Mirza Yusuf” jome masjidida
[gallery-29676]
Kamola Yusupova,
O‘zA suratlari