Yoshlar kuni uchrashuvlari
Har payshanba Prezident tashabbusi bilan yoshlar kuniga aylandi. Bu kuni barcha toifadagi idora va tashkilot rahbarlari mehnat jamoalari, o‘quv yurtlarida yuzma-yuz uchrashuvlar o‘tkazishmoqda.
Yoshlar oyligi doirasida hududlarda kitobxonlik madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlar davom ettirilmoqda. Jumladan, Farg‘ona tumanidagi tibbiyot texnikumida Marg‘ilon shahridagi “Yuksalish” o‘quv markazi muassisi Abdulboriy Marg‘iloniy kitobxon yoshlar bilan muloqot o‘tkazdi.

Shuningdek, tumanda joylashgan IT Park majmuasida yosh dasturchilar, ixtirochilar hamda startap loyihalari ustida faoliyat olib borayotgan yoshlar bilan ham ochiq muloqot tashkil etildi.


Tuman hokimligi hamda Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi hamkorligida o‘tkazilgan tadbirda yoshlarning innovatsion g‘oyalari, biznes tashabbuslari va axborot texnologiyalari sohasidagi istiqbolli loyihalari bilan tanishildi.
Muhammadjon Obidov, O‘zA