Yosh dzyudochilarimiz Indoneziyada Osiyo chempionligi uchun bellashmoqda
Bugun, 16-iyul kuni Iordaniya poytaxti Amman shahrida dzyudo bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida Osiyo chempionati bellashuvlari boshlanadi.
Ilk kungi bahslarda 20 ta davlatning eng mahoratli yosh dzyudochilari 8 ta vazn toifasidagi kurashlarda ishtirok etadi.
O‘g‘il bolalar o‘rtasida -50, -55, -60, -66 kilogrammda, qizlar orasida -40, -44, -48, -52 kilo og‘irlikda kechadigan bellashuvlarda yosh dzyudochilarimizdan Akbar Sharipov, Ma’murjon Abduvahobov, Bobur Yusupov, Davlatbek Ahrorov, Abubakr Sattorov, Akromjon Karimov, Iroda Sirojiddinova, Alina Kolyucheva, Dilafruz Boltaboyeva, Charos Hikmatova, Mohinur Ollaberganova va Kumushbibi Ergasheva o‘z vaznlarida sovrinli o‘rinlarga da’vogarlik qiladi.
Osiyo chempionati 17-iyulga qadar davom etadi.
T. Ro‘ziyev, O‘zA