Rahbar va yoshlar uchrashuvi: G‘alabaning eng muhim omili ruhiy barkamollik
Poytaxtimizdagi Respublika velosport mahorat maktab-internatida Yoshlar kuni munosabati bilan “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” doirasida O‘zbekiston Respublikasi sport vaziri o‘rinbosari Shahrillo Mahmudov sportchi-o‘quvchilar bilan suhbatlashdi.
Samimiy ruhda kechgan muloqot davomida yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning sportdagi yutuqlarini yanada yuksaltirish, ta’lim-tarbiya, vatanparvarlik tuyg‘usini mustahkamlash, davlatimiz tomonidan yaratilgan shart-sharoitlarga munosib bo‘lish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish borasida so‘z yuritildi.

Shuningdek, xalqaro maydonlarda kechadigan nufuzli musobaqalarda Vatanimiz sharafini munosib himoya qilish tamoyillari, odob-axloq, xalqimizga xos qadriyatlarni targ‘ib etish, ruhiy barkamollik g‘alabaning eng muhim omili ekanligi ta’kidlandi.
Suhbat davomida yosh sportchilarning fikr va takliflari tinglanib, ularni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob berildi.
T. Ro‘ziyev, O‘zA