Yaqin Sharqdagi vaziyat neft bozoriga ta’sir ko‘rsatmoqda
Jahon bozorida neft narxi Yaqin Sharqdagi geosiyosiy keskinlik va energiya resurslarini yetkazib berishda uzilishlar yuzaga kelishi ehtimoli bilan bog‘liq xavotirlar fonida o‘smoqda.
“Reuters” nashri yozishicha, dushanba kuni neft narxlari biroz pasaygan. “Brent” markali neft 1,35 foizga arzonlashib, bir barrel uchun 115,15 dollar, “WTI” esa 2,04 foizga pasayib, 101,16 dollarni tashkil etgan.
Iqtisodiy tahlilchilar fikricha, narxlarning pasayishi AQSH va Eron o‘rtasidagi keskinlik yumshashi mumkinligi haqidagi xabarlar bilan bog‘liq. Biroq Saudiya Arabistonining energetika ob’ektlariga hujumlar davom etayotgani bozordagi noaniqlikni saqlab qolmoqda.
A.Mamatov, O‘zA