Yangi o‘quv yili – yangi imkoniyatlar bilan
FOTOREPORTAJ
Yangi o‘quv yilining boshlanishi yurtimizda ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlarining yana bir amaliy ifodasidir. Ta’lim maskanlari zamonaviylashtirilib, ularning moddiy-texnik bazasi mustahkamlanmoqda, o‘quvchilar uchun qulay va munosib sharoitlar yaratilayotir.
Buxoro viloyatida ham yangi o‘quv yili arafasida qator maktablar ta’mirlanib, zamonaviy o‘quv binolari foydalanishga topshirildi.
Jumladan, Buxoro tumanidagi “Yangi turmush” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan 10-umumta’lim maktabi o‘quvchilari yangi o‘quv yilini mukammal ta’mirlashdan so‘ng yangicha qiyofa kasb etgan sinfxonalarda qarshi oldi.
[gallery-31207]
Shuningdek, Talaliyon mahallasidagi 38-maktab uchun qo‘shimcha 180 o‘rinli o‘quv binosi barpo etilib, foydalanishga topshirildi. Qo‘lba qishlog‘idagi 50-umumiy o‘rta ta’lim maktabi binosida ham mukammal ta’mirlash ishlari yakunlanib, u yangi o‘quv yilida o‘quvchilar uchun o‘z eshiklarini ochdi.
Yangilangan ta’lim maskanlarida o‘quvchilarning sifatli bilim olishi uchun zarur sharoitlar yaratilib, sinfxonalar zamon talablari asosida jihozlandi.
Yangi o‘quv yili arafasida foydalanishga topshirilgan ushbu ta’lim maskanlari o‘quvchilarning bilim olishi, izlanishi va yangi marralarni zabt etishi uchun muhim imkoniyatlar yaratmoqda.
Tohir ISTATOV (surat), O‘zA