Korrupsiya — taraqqiyot kushandasi (+video)
Jamiyatda fuqarolarning huquqiy ongini va dunyoqarashini o‘zgartirish orqali korrupsiyaga qarshi kurashishda ijobiy natijalarga erishish mumkin.
Zero, korrupsiya shunchaki jinoyat yoki huquqbuzarlik emas, balki ma’naviy buzilish holati hamdir. Ushbu illat fuqaroning davlat vakili bilan ma’muriy munosabatlari ma’no-mohiyatini o‘zgartirib, jamiyat uchun ham, davlat uchun ham salbiy oqibatlarga sabab bo‘ladi.
Davlat organlari, jamoat tashkilotlari va fuqarolarning birgalikdagi sa’y-harakatlari bilangina ushbu umuminsoniy illatga qarshi kurashda kutilgan natijaga erishish mumkin.
Muhayyo Turdaliyeva, Doniyor Yakubov, Anvarxo‘ja Ahmedov, O‘zA