Yakuniy hujjatsiz yakunlangan konferensiya
O‘tgan hafta Yadro qurolini tarqatmaslik to‘g‘risidagi shartnoma (YAQTSH) tomonlari ishtirokida navbatdagi konferensiya bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbir ketma-ket uchinchi yildirki, yakuniy hujjatsiz o‘tkazilmoqda.
AQSH Davlat departamenti ushbu hujjatga munosabatini quyidagi mazmunda bildirdi:
- Qo‘shma Shtatlar YAQTSH va bitimning uch ustuni: yadro qurolini tarqatmaslik, qurolsizlanish va yadro energiyasidan tinch maqsadda foydalanishga sodiq qoladi.
Bu haqda Davlat departamenti vakili Tommi Pigott bayonot berdi. U shartnoma atroflicha muhokama qilinishi nazarda tutilgan anjuman qatnashchilari yakuniy hujjat ishlab chiqa olmaganidan afsusdaligini ham qo‘shimcha qilgan. Pigott ayni holat Eron bo‘yicha kelishmovchilik bilan bog‘liqligiga ishora qildi. Shuningdek, Qo‘shma Shtatlar ayrim YAQTSHga a’zo davlatlar Eronning global miqyosda qurol tarqatmaslik harakatiga tahdid solayotganiga jiddiy qaramayotganidan xavotir bildirdi.
S.Rahimov, O‘zA