Bir qator arab va musulmon mamlakatlari Quddusda Somalilend elchixonasini ochish qaroriga qarshi
Pokiston, Misr, Saudiya Arabistoni, Qatar, Iordaniya, Livan, Turkiya, Indoneziya, Jibuti, Somali, O‘mon, Sudan, Yaman va Falastin ma’muriyati tashqi ishlar vazirlari Quddusda Somalilend elchixonasini ochish qaroriga qarshi qoralovchi qo‘shma bayonot berdi. Tomonlar bunday harakatni “xalqaro huquq qo‘pol buzilishi” deb atab, “bosib olingan Quddusning huquqiy va tarixiy maqomiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri hujum” ekanini ta’kidladi.
Shuningdek, hujjatda Somali suvereniteti va hududiy yaxlitligini to‘liq qo‘llab-quvvatlash, mamlakatning birligiga putur yetkazadigan har qanday bir tomonlama chorani rad etish zarurligi uqtirilgan.
S.Rahimov, O‘zA