Xudaybergenov Tursinxan Aydarovichni «Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni bilan mukofotlash to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni
Davlat organlaridagi ko‘p yillik fidokorona mehnati, mamlakatimizda keng ko‘lamli islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish borasidagi ulkan xizmatlari, o‘zining yuksak bilim va tajribasi, tashabbuskorlik va tashkilotchilik fazilatlari bilan Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini ta’minlashga qo‘shayotgan katta hissasi, xususan, Orolbo‘yi mintaqasini har tomonlama rivojlantirish, hudud infratuzilmasini takomillashtirish, ekologik holatini yaxshilash, aholi muammolarini joyida hal etish yo‘lidagi ibratli ishlari, ijtimoiy-siyosiy hayotdagi faol ishtiroki hamda tavalludining 75 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Orolbo‘yi mintaqasini barqaror rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi, senator Xudaybergenov Tursinxan Aydarovich «Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni bilan mukofotlansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Sh.Mirziyoyev