Xalqaro kinofestivalda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan yosh ijodkorlarni mukofotlash to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni
O‘zining yorqin iste’dodi, yuksak professional mahorati va izlanuvchanligi, samarali ijodiy faoliyati bilan mamlakatimizda kino san’atini rivojlantirish va jahon miqyosida targ‘ib etish, xalqimizning badiiy-estetik va ma’naviy salohiyatini yuksaltirishga munosib hissa qo‘shib kelayotgani, Fransiyaning Kann shahrida o‘tkazilgan inklyuziv filmlar xalqaro festivalida “Qadam. Quyosh bolasi Yusuf” qisqa metrajli filmi bilan muvaffaqiyatli ishtirok etib, bosh sovrin – Gran-prini qo‘lga kiritgani, milliy qadriyatlarimizni aks ettiradigan badiiy obrazlarni yaratish, yosh avlod qalbida ona Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg‘ularini kuchaytirish borasidagi xizmatlari uchun quyidagilar “Kelajak bunyodkori” medali bilan mukofotlansin:
Qodirov Suhrob Tolmasovich – erkin ijodkor, ssenarist, kinorejissyor;
Usmonov Dilshodbek Xolmurod o‘g‘li – S.A.Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya institutining Toshkent shahridagi filiali talabasi, kinorejissyor.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Sh.Mirziyoyev