Xorazmdagi mahallalarda xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha muhim vazifalar belgilandi
Bosh prokurorning birinchi o‘rinbosari B.Valiyev rahbarligida Prezidentning 2026-yil 5-yanvardagi “Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yo‘nalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi hamda “2026-yilda Respublika mahallalarida jinoyatchilikning barvaqt profilaktikasi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida Xorazm viloyatida Respublika idoralararo muvofiqlashtiruvchi shtabining sayyor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan mazkur tadbirda Respublika idoralararo muvofiqlashtiruvchi shtabi va ishchi guruhi a’zolari, Ichki ishlar, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik, Maktabgacha va maktab ta’limi, Sog‘liqni saqlash, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirliklari, Milliy gvardiya, O‘zbekiston mahallalari uyushmasi, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi hamda ularning hududiy boshqarmalari mas’ullari, huquq-tartibot organlari, ta’lim va ilmiy tashkilotlar, Bosh prokuraturaning tegishli boshqarmalari mas’ul xodimlari, Xorazm viloyati idoralararo muvofiqlashtirish shtabi va ishchi guruhi a’zolari, shuningdek, boshqa mutasaddi idora va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi.

Yig‘ilishda tasdiqlangan yo‘l xaritalari ijrosi hamda hisobot ko‘rsatkichlarining haqqoniyligini o‘rganish yuzasidan mas’ullarga bir qator topshiriqlar berildi. Shuningdek, viloyat mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish bo‘yicha yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etish va jinoyatchilikning barvaqt profilaktikasi samaradorligini yanada oshirishga qaratilgan ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Respublika idoralararo muvofiqlashtiruvchi shtabining Xorazm viloyatidagi o‘rganishlari davom etmoqda.
Ahmadjon Shokirov,
O‘zA muxbiri