Xitoyning yangi harbiy inshootlari, Fransiyada vayronakor tornado – Xorij xabarlari
Dunyo axborot maydonida ayni kunlarda dolzarb bo‘lib turgan xabarlar tafsilotlari bilan o‘rtoqlashamiz. Bugungi dasturimizda Xitoy Janubi-Xitoy dengizida yangi harbiy va kuzatuv ob’ektlarini qurayotgani, Fransiyada yuz bergan nodir hamda kuchli tornado oqibatida 39 kishi jarohatlangani va AQSH qonunchilari Tramp ma’muriyatini Xitoy hamda Rossiya razvedkasiga yordam berishni taqiqlashga chaqirayotgani haqida so‘z boradi.
Shuningdek, dasturimizdan Shein kompaniyasining Gonkongdagi IPO orqali 1,8 milliard dollargacha mablag‘ yig‘ishni rejalashtirayotganiga oid muhim xabar ham o‘rin olgan.
Batafsil video davomida tanishasiz.
Ziyovuddin Nuriddinov, Yoqub Meliboyev, Salimjon Obidjonov, O‘zA