Qirg‘iziston SHHT sammiti va Ko‘chmanchilar o‘yinlari tadbirlariga tayyorgarlik ko‘rmoqda
Qirg‘iziston Ichki ishlar vazirligi Bishkek aholisiga 30-31-avgust kunlari SHHT sammiti va poytaxtda bo‘lib o‘tadigan Jahon ko‘chmanchilar o‘yinlari ochilish marosimi munosabati bilan shaxsiy transportni uyda qoldirib, jamoat transportidan foydalanishni tavsiya qildi.
Shu tariqa shahar yo‘llarida tirbandlik kamayadi, transport vositalari erkin harakati ta’minlanadi.
Vazirlik o‘sha kunlari poytaxtning ayrim tumanlarida mashinalar harakati vaqtincha cheklanishi, shahar bo‘ylab 21 manzildan “Bishkek Arena”ga maxsus avtobuslar qatnashini eslatdi.
S.Rahimov, O‘zA