Xitoylik mehmon ov qilish qoidalarini buzgani uchun jarimaga tortildi
Samarqand viloyati ekologiya va iqlim o‘zgarishi boshqarmasining ma’lum qilishicha, mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 90-moddasi 1-qismiga binoan ma’muriy ish qo‘zg‘atilib, xitoylik mehmonga bazaviy hisoblash miqdorining 20 barobari, ya’ni 8 million 240 ming so‘m miqdorida jarima qo‘llanildi.
Shuningdek, ov jarayonida qo‘llanilgan vositalar ashyoviy dalillar sifatida olib qo‘yildi. To‘plangan materiallar huquqni muhofaza qiluvchi organlariga taqdim etilishi belgilandi.
G‘.Hasanov, O‘zA