Xitoy sarmoyasi iştirokidagi yangi loyihalar
Jizzax viloyati Xitoyning yirik kompaniyalari bilan hamkorlikni kengaytirmoqda. Agrosanoat, şaharsozlik va tibbiyot sohalariga yönaltiriladigan investitsiyalar hudud rivojiga yangi surʼat bağişlaydi.
Xorijiy sarmoyani hudud iqtisodiyotining muhim tarmoqlariga yönaltiriş yangi işlab çiqariş quvvatlari va xizmatlar bozorini rivojlantiriş imkonini beradi. Bu jarayonda investitsiya bilan birga zamonaviy texnologiyalar va ilğor boşqaruv tajribasini jalb qiliş ham muhimdir.

Jizzax viloyati hokimi Uluğbek Mustafoyev viloyat hokimligida Xitoyning yirik kompaniyalari vakillaridan iborat delegatsiyalar bilan uçraşuvlar ötkazdi. Tomonlar muzokaralar davomida agrosanoat, qayta işlaş, eksport, şaharsozlik va tibbiyot yönalişlaridagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qildilar.
“Qingdao Wanlin Group” kompaniyasi boşqaruv raisi Li Yantao özaro hamkorlikning ahamiyatini taʼkidladi.
–Biz Jizzaxda mahsulot yetiştirişdan tortib, uni eksport qilişgaça bölgan töliq zanjirni yaratişni maqsad qilganmiz,– dedi u.
Taşabbus sabzavot yetiştiriş, mahsulotlarni qayta işlaş, quritiş va qadoqlaşga ixtisoslaşgan zamonaviy majmua barpo etişni nazarda tutadi.

Loyihaning muhim jihati mahsulot yetiştirişdan tortib, uni tayyor holda taşqi bozorga yetkazişgaça bölgan jarayonlarni bir tizimga birlaştirişdir. Bunday yondaşuv qöşimça qiymat yaratiş, yangi iş örinlarini oçiş va hududning eksport imkoniyatlarini kengaytirişga xizmat qiladi.
Muloqotda tibbiyot sohasidagi taşabbus ham eʼtibordan çetda qolmadi. Jizzaxda xalqaro standartlarga mos zamonaviy köp tarmoqli şifoxona taşkil etiş imkoniyatlari yuzasidan fikr almaşildi.

Mazkur loyiha amalga oşirilsa, aholi uçun zamonaviy diagnostika va davolaş xizmatlaridan foydalaniş imkoniyatlari kengayadi. Uçraşuv yakunida tomonlar investitsiyaviy aloqalarni mustahkamlaş va istiqbolli taşabbuslarni röyobga çiqariş böyiça memorandum imzolaşga kelişib oldilar.
Abdujalol Qayumov,
ÖzA muxbiri