"UZSOE Intelligence Platform" davlat korxonalari boşqaruvini qanday takomillaştiradi?
Bugun Iqtisodiyot va moliya vazirligida davlat iştirokidagi korxonalar hamda tegişli taşkilotlar vakillari iştirokida "UZSOE Intelligence Platform" elektron platformasi taqdimoti bölib ötdi.
Tadbirda Iqtisodiyot va moliya vaziri örinbosari Umid Obidxöjayev, Buyuk Britaniyaning Oksford universiteti qoşidagi "Algorithmic Governance Foundation" taşkiloti direktori Jessika Repson va boşqalar sözga çiqib, mazkur elektron platforma davlat iştirokidagi korxonalar faoliyati samaradorligini oşiriş, ularni boşqariş jarayonlarini takomillaştiriş va mavjud imkoniyatlardan unumli foydalanişga xizmat qilişini taʼkidladi.
Korxonalarning moliyaviy holati, işlab çiqariş natijalari va mehnat unumdorligini muntazam baholab boriş, mavjud muammolarni öz vaqtida aniqlaş hamda tahlillarga asoslangan boşqaruv qarorlarini qabul qiliş muhim ahamiyatga ega. Yangi platforma esa uşbu jarayonlarni yagona raqamli tizimda jamlaş imkonini beradi.
– "UZSOE Intelligence Platform" Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda "Algorithmic Governance Foundation" taşkiloti örtasidagi hamkorlik doirasida işlab çiqilgan. Loyiha xorijiy taşkilotning öz mablağlari hisobidan amalga oşirildi. U davlat iştirokidagi korxonalar faoliyatini kompleks tahlil qiliş, moliyaviy va işlab çiqariş körsatkiçlarini baholaş, şuningdek, boşqaruvdagi mavjud muammolarni aniqlaş imkonini beradi.
Sunʼiy intellekt texnologiyalariga asoslangan tizim turli manbalardagi maʼlumotlarni yagona elektron muhitda jamlab, ularni özaro taqqoslaş va tahlil qilişga möljallangan. Buning natijasida korxonalar faoliyatidagi özgarişlarni kuzatiş, samaradorlikni oşiriş imkoniyatlarini aniqlaş va resurslardan foydalanişni yaxşilaş böyiça tahliliy tavsiyalar işlab çiqiş mumkin, – deya taʼkidladi U. Obidxöjayev.
Platformaning ahamiyati şundaki, u davlat iştirokidagi korxonalar faoliyatini baholaşda yagona yondaşuvni şakllantiriş, ularning iqtisodiy holati va iş natijalarini tizimli kuzatib boriş imkonini beradi. Bu esa korxonalardagi muammolar va moliyaviy xatarlarni barvaqt aniqlaş, davlat aktivlaridan foydalaniş samaradorligini baholaş hamda boşqaruv qarorlarini aniq maʼlumotlar asosida qabul qilişga xizmat qiladi.
Jessika Repsonning taʼkidlaşiça, platformani xususiy sektor ehtiyojlariga ham moslaştiriş mumkin. Buning uçun muayyan korxona yoki tarmoq faoliyatini çuqur tahlil qilişga imkon beradigan qöşimça maʼlumotlar bilan işlaş zarur.
– Biz uşbu vositani iqtisodiyot va moliya sohasida qöllaniladigan yondaşuvlar asosida işlab çiqdik. Çunki tavsiyalar berişga möljallangan tizimni yaratişda sohaning öziga xos xususiyatlarini hisobga oliş muhim. Şu bilan birga, platformani katta qöşimça xarajatlarsiz xususiy sektor ehtiyojlariga ham moslaştiriş mumkin. Hozirgi platforma davlat iştirokidagi korxonalarni özaro taqqoslaş va ular faoliyati böyiça umumiy tahliliy manzarani şakllantiriş imkonini beradi. Bu vazirlik darajasida tavsiyalar işlab çiqiş uçun samarali. Biroq, muayyan korxona yoki tarmoq faoliyatini çuqur tahlil qiliş va aniq qarorlar qabul qiliş uçun qöşimça içki maʼlumotlar talab etiladi.
Xususiy sektor uçun yana bir rejamiz davlat iştirokidagi korxonalar va xususiy kompaniyalar örtasidagi taqqoslaş imkoniyatlarini kengaytirişdir. Şuningdek, sunʼiy intellekt asosidagi tahliliy yordamçi vositalarni rivojlantiriş, katta hajmdagi maʼlumotlarni umumlaştiriş va tavsiyalar tayyorlaş, muayyan tarmoqlar xususiyatlariga moslaştirilgan ixtisoslaşgan vositalarni işlab çiqişni közlayapmiz, – dedi Jessika Repson.
Taqdimot davomida iştirokçilar platformaning funksional imkoniyatlari, maʼlumotlarni şakllantiriş va yangilaş mexanizmlari, korxonalar faoliyatini baholaş hamda sunʼiy intellekt yordamida tahliliy xulosalar va tavsiyalar tayyorlaş jarayonlari bilan tanişdi. Tizimning işlaş tartibi amaliy misollar orqali namoyiş etildi.
Şuningdek, platformani amaliyotga joriy etiş va undan samarali foydalaniş masalalari muhokama qilindi. Bunda korxonalar taqdim etadigan maʼlumotlarning töliqligi, aniqligi va öz vaqtida yangilanişi tizim tahlillari işonçliligini taʼminlaşda muhim ahamiyat kasb etişi qayd etildi.
Nasiba Ziyodullayeva,
ÖzA