Xavfsizlikni taʼminlaşda birgalikda faol iş olib boriş lozim
Samarqand şahrida ötkazilayotgan Xavfsizlik masalalari böyiça ŞHT plyus birinçi ekspertlar muloqotida xalqaro taşkilotlar va yigirmadan ortiq davlatlar vakillari "Raqamli transformatsiya davrida xavfsizlik: yangi texnologiyalar rivojlanişini hisobga olgan holda terrorizm va ekstremizmga qarşi kuraşiş" mavzusi böyiça öz fikrlarini bildirmoqda.
Uçraşuvga rahbarlik qilayotgan Özbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisi general-polkovnik Bahodir Qurbonov iştirokçilar eʼtiborini terrorçilik va ekstremistik taşkilotlar öz mafkurasini tarqatiş, tarafdorlarni yollaş, teraktlarni moliyalaştiriş, ularga tayyorgarlik köriş hamda amalga oşirişda raqamli texnologiyalardan faol foydalanayotganiga qaratdi.
– Birgina 2026-yilda ekstremistik va terrorçilik xususiyatiga ega 49 mingdan ziyod internet-resurs aniqlangan bölib, bu 2025-yilgi körsatkiçga (43 mingga yaqin) nisbatan 14 foizga köpdir, – dedi DXX rahbari. – Bunday tendensiya radikal ğoyalarni tarğib qilişda global tarmoqdan foydalaniş kölami ortib borayotganini yaqqol körsatadi.
Şuningdek, Xizmat rahbari Ekstremizm va terrorizmga qarşi kuraşiş böyiça 2021–2026-yillarga möljallangan milliy strategiyani amalga oşiriş doirasida idoralararo va xalqaro hamkorlik mexanizmlari takomillaştirilganini taʼkidladi. Özbekiston tomonidan olib borilayotgan işlarning natijalari xalqaro reytinglarda ham öz ifodasini topmoqda. Jumladan, 2026-yilgi Global terrorizm indeksida Özbekiston 96-örinni egallagani (minimal xavf toifasi) uşbu illatga qarşi kuraşişda milliy yondaşuvning samaradorligini namoyon etdi.
B.Qurbonov öz nutqida raqamli transformatsiya davrida xavfsizlikni taʼminlaş böyiça ustuvor yönalişlarga töxtaldi. Ular qatoridan raqamli muhitda terrorçilar faoliyatining yangi şakl va usullarini aniqlaş, sunʼiy intellektdan terrorçilik maqsadlarida foydalanişning oldini oliş kabi masalalar örin olgan.
Şuningdek, B.Qurbonov terrorizm va radikalizmning har qanday körinişlariga qarşi kuraşiş va ularning oldini olişda xorijiy davlatlar va xalqaro taşkilotlar doirasida hamkorlik har qaçongidan ham dolzarbligini qayd etib, muloqot iştirokçilarini bu borada faol iş olib borişga çaqirdi.
Ğ.Hasanov, ÖzA muxbiri