DXX Raisi general-polkovnik B.Qurbonovning Xavfsizlik masalalari böyiça ŞHT plyus birinçi ekspertlar muloqotining oçilişidagi nutqi
Samarqandda Xavfsizlik masalalari böyiça ŞHT plyus birinçi ekspertlik muloqoti bölib ötmoqda.
Tadbirni Özbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Raisi general-polkovnik Bahodir Qurbonov kiriş sözi bilan oçib berib, iştirokçilar eʼtiborini terrorçilik va ekstremistik taşkilotlar öz mafkurasini tarqatiş, tarafdorlarni yollaş, teraktlarni moliyalaştiriş, ularga tayyorgarlik köriş hamda amalga oşirişda raqamli texnologiyalardan faol foydalanayotganiga qaratdi.
«Birgina 2026-yilda ekstremistik va terrorçilik xususiyatiga ega 49 mingdan ziyod internet-resurs aniqlangan bölib, bu 2025-yilgi körsatkiçga (43 mingga yaqin) nisbatan 14% köpdir. Bunday tendensiya radikal ğoyalarni tarğib qilişda global tarmoqdan foydalaniş kölami ortib borayotganini yaqqol körsatadi», — dedi Xizmat raisi.
DXX rahbari 2021–2026-yillarga möljallangan Ekstremizm va terrorizmga qarşi kuraşiş böyiça milliy strategiyani amalga oşiriş doirasida idoralararo va xalqaro hamkorlik mexanizmlari takomillaştirilganini taʼkidladi. Özbekiston tomonidan olib borilayotgan işlarning natijalari xalqaro reytinglarda ham öz ifodasini topmoqda. Jumladan, 2026-yilgi Global terrorizm indeksida Özbekiston 96-örinni egallagani (minimal xavf toifasi) uşbu illatga qarşi kuraşişda milliy yondaşuvning samaradorligini namoyon etdi.
DXX rahbari öz nutqida raqamli transformatsiya davrida xavfsizlikni taʼminlaş böyiça ustuvor yönalişlariga töxtaldi. Ular qatoridan raqamli muhitda terrorçilar faoliyatining yangi şakl va usullarini aniqlaş, şuningdek, sunʼiy intellektdan terrorçilik maqsadlarida foydalanişning oldini oliş örin olgan.
Maʼruza yakunida uşbu Muloqotni ötkaziş ğoyat dolzarb va zarur ekani qayd etildi. Tadbir doirasida iştirokçilar xavfsizlikka joriy tahdid va xavf-xatarlar muhokama qiladi hamda xalqaro va mintaqaviy darajada hamkorlikni mustahkamlaşga qaratilgan yagona çora-tadbirlarni işlab çiqadi.
ÖzA