“Xavfsiz va sog‘lom yurt” tadbiri doirasida uchrashuvlar o‘tkazildi
Poytaxtimizda “Xavfsiz va sog‘lom yurt” keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbiri doirasida Yangihayot tumani IIO FMB Probatsiya guruhi hisobida turuvchi nazoratdagi shaxslar bilan uchrashuvlar tashkil etilmoqda.
Xususan,Yangihayot tuman prokurori tuman IIO FMB Probatsiya guruhi hisobida jazo o‘tayotgan nazoratdagi shaxslar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida nazoratdagi shaxslarning murojaat va muammolari o‘rganilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha zarur choralar belgilandi.
Shuningdek, tuman IIO FMB boshlig‘i ishtirokida probatsiya hisobida turib jazo muddatini o‘tayotganlar bilan "Rahbar va yoshlar" uchrashuvi o‘tkazildi.

Muloqot jarayonida jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlarning murojaat va muammolari tinglanib, ularni qonuniy hal etish yuzasidan tegishli choralar ko‘rildi.
G.Boboyeva, O‘zA